Fayzullayev Sarvar Ibrohim O’g’li 1993-yil 10- dekabrda Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumanida tug’ilgan. Millati – o’zbek. 2009-yil umumiy o’rta ta’lim maktabini tamomlab, 2009-2012-yillar Payshanba Informatika va xizmat ko’rsatish kasb hunar kollejining Buxgalteriya hisobi va audit yo’nalishini tugatgan. 2014-2018 yillar Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Xorijiy tili va adabiyoti (ingliz tili) yo’nalishini tamomlagan. 2018-2020 yillar Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Lingvistika yo’nalishi ,,filolog tadqiqodchi» mutaxassisligini tamomlagan. 2020-yil 2-sentabrdan Toshkent tibbiyot akademiyasi O’zbek va xorijiy tillar kafedrasida ishlab kelmoqda. Bir nechta ilmiy maqolalar va bir necha yillik pedagog ish tajribasiga ega.