Saydullayeva Muqaddam Akbarovna

MA’LUMOTNOMA

Saydullayeva Muqaddam Akbarovna 2003-yil 16-sentabrdan Toshkent Davlat Tibbiyot universitetining 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchi sifatida ishlab kelmoqda. O‘tgan yillar davomida u kafedrada 1-kurs davolash, tibbiy-pedagogika, OMX, tibbiy-profilaktika fakultetlari talabalariga Lotin tili va tibbiy terminologiya fanidan amaliyot darslarini olib bormoqda. Faoliyati davomida Talabalar ilmiy jamiyati va fan olimpiadalarida ko‘plab talabalarning ishtirok etishida rahbarlik ishlarini olib bormoqda. Hozirda kafedrada o‘quv ishlariga  mas’ullik vazifasi bajarib kelmoqda.

Saydullayeva Muqaddam Akbarovna tomonidan davolash,tibbiy profilaktika, tibbiy pedagogika, tibbiy biologiya fakultetining 1- kurs talabalari uchun 2 ta darslik , OMX fakultetining 1- kurs talabalari uchun 1 ta o‘quv qo‘llanma,  shuningdek ,Scopusda , OAK va xalqaro miqyosdagi jurnallarda bir  nechta maqola va tezislari chop etilgan. Saydullayeva Muqaddam Akbarovna amaliy mashg‘ulotlarni tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar yordamida pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda olib boradi. U kafedra jamoat ishlarida faol qatnashib kelishi bilan birga, jamoada xushmuomalalik, mehnatsevarlik va  intizomlilik jihatlari bilan ajralib turadi.