Dadaboyeva Guzal Akbarjonovna

MALUMOTOMA

 

Dadaboyeva Guzal Akbarjonovna 2020-yil sentabrdan Toshkent tibbiyot akademiyasining O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi assistenti sifatida ishlab kelmoqda. O‘tgan yillar davomida u kafedrada 1-kurs davolash, tibbiy-pedagogika, OMX, tibbiy-profilaktika, sog‘liqni saqlash menejmenti va magistratura fakultetlari talabalariga tibbiyotda xorijiy til fanidan amaliyot darslarini olib borgan. Faoliyati davomida, “Talabalar ilmiy jamiyati” va fan olimpiadalarida ko‘plab talabalarning faol ishtirok etishida rahbarlik qilgan.

Guzal Dadaboyeva o‘qituvchilik faoliyati bilan birga, kafedra bayonnomalarini  va kotiblik vazifasini juda katta ma’suliyat bilan ado etgan. Guzal tomonidan o‘nga yaqin tezislar,  yigirmaga yaqin xalqaro jurnallarda maqola,  o‘nlab respublika OAK maqolalar,  DGU shuningdek 1 ta xalqaro monografiya nashrdan chiqqan.