
1967-yil 5-yanvarda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tug‘ilgan. 1984-yil Toshkent Davlat Universitetining rus filologiya fakultetiga o‘qishga kirgan. 1990-yil Toshket Davlat Universitetini bitirgan. (Diplom № UV-I № 071960). Shu yildan boshlab Toshkent Davlat Politexnika Instituti-ning “Tillar” kafedrasida ish faoliyatini boshladi. 1997-yildan ilmiy ishini boshladi va 1999-yildan buyon filologiya fanlar nomzodi. 1999-yilda 17 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Toshkent Davlat Universiteti qoshidagi ixtisoslashtirilgan kengashda “Лингвосемиотическая природа подлежашего и сказуемого в русском и узбекском язиках ” mavzusida 10.02.20 – qiyosiy tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. (Diplom 01 № 004300 1998 yil, 25 noyabr 62/1 – sonli bayonnoma).
1998-yilda Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining tarix va xuquqshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha kursini tugatdi. (Diplom № 155843 1998 yilda 22 dekabrda berilgan).
2000-yildan boshlab Toshkent Davlat Tibbiyot institutining kafedra mudiri, 2002 yilda “Chet tillar – 2” kafedra mudiri, 2005 yildan boshlab Toshkent Davlat Tibbiyot Akademiyasining chet tillar kafedrasida dots.nt, 2009 yil iyul oyidan boshlab “ 1-son tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi “ mudiri vazifasida ishlab kelyapti.
Rus tili fanining o‘qitish respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarida o‘z ma’ruzalari bilan faol qatnashib kelgan. (10.02.20 – taqoslash – tarixiy, tipologik va qiyosiy tilshunoslik, tarjima nazariyasi).
Umumiy mehnat staji 27 yil, oliy o‘quv yurtida 18 yildan buyon pedagogik faoliyatini olib bormoqda.
Rozanna Mirzatullayevna Abdullayeva bir necha bor Oliy ta’lim vazirligining va tibbiyot sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun Sogʻliqni saqlash vazirligining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan. Rossiyaning yetakchi universitetlarida: Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (2016, 2019, 2020), Moskva davlat lingvistik universiteti, Pushkin (2020, 2021) nomidagi Rossiya davlat rus tili instituti, Qozon davlat tibbiyot universitetlarida o‘z malakasini oshirgan(2019), natijada oʻzbekzabon tibbiyot talabalari uchun rus va lotin tillarida qoʻshma darsliklar yaratildi. Yillar davomida u TMA filiallari va boshqa tibbiyot universitetlarining til kafedralari bilan hamkorlikda ish olib boradi. TMA Termiz filialini tashkil etish va ochilishida qatnashgan (2017).
R.M. Abdullayevaning ilmiy qiziqishlari: yangi texnologiyalarga asoslangan o‘qitish mazmuniga, kompyuterdan foydalanish, darslarning noan’anaviy shakllarini (prezentatsiyalar, telekonferensiyalar, Internet, elektron pochta) ishlab chiqish va joriy etish), ta’limni axborotlashtirish, axborot jamiyati sharoitida bo‘lajak shifokorlarni kasbiy muloqotga tayyorlashni ta’minlaydigan ta’lim faoliyatining mazmuni, usullari va shakllarini o‘zgartirish jarayoni.
R.M. Abdullayeva tibbiy terminologiya sohasida yuqori malakali mutaxassis, malakali o‘qituvchi va murabbiy hisoblanadi. Rozanna Mirzatullayevna umumiy amaliyot shifokori tayyorlashda til ta’limining rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan. Abdullaeva R.M. I. X. Isroilovaning “Autentik teleseriallar asosida tibbiyot talabalarining ingliz tilidagi kommunikativ kompetensiyasini takomillashtirishning metodik modeli (PhD)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasining ilmiy rahbari hisoblanadi.
Rozanna Mirzatullayevna mukammallikka intiluvchi, shogirdlikka yetaklovchi, kasbga mehr uyg‘otadigan, konstruktivlik mahoratiga ega o‘qituvchidir. Muntazam ravishda talabalar ilmiy jamiyati va fan olimpiadalarida ko‘plab talabalarning faol ishtirok etishida rahbarlik ishlarini olib boradi. Universitet va kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalari orasida obro‘-e’tiborga ega. Universitet miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etib keladi.
Asosiy ilmiy va uslubiy ishlari: 2020-2025-yillarda 15 ta tezis, 43 ta maqola va 6 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta darslik, 5 ta o’quv-uslubiy qo’llanma hamda 2 ta monografiyalari chop etilgan.
