MA’LUMOTOMA
Ruzimbayeva Nasiba Temur qizi 2023-yil oktyabrdan Toshkent tibbiyot akademiyasining O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi assistenti sifatida ishlab kelmoqda. O‘tgan yillar davomida u kafedrada 1-kurs davolash, pediatriya tibbiy-profilaktika va sog‘liqni saqlash menejmenti fakultetlari talabalariga tibbiyotda xorijiy til fanidan amaliyot darslarini olib borgan. Faoliyati davomida, “Talabalar ilmiy jamiyati” va fan olimpiadalarida ko‘plab talabalarning faol ishtirok etishida rahbarlik qilgan.
Ruzimbayeva Nasiba Temur qizi o‘qituvchilik faoliyati bilan birga kafedra o‘qituvchilar malakasini oshirish va ta’lim sohasi xodimlarini qayta tayyorlashda hamkorlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig’ish va nazorat qilish vazifasini juda katta ma’suliyat bilan ado etgan. O‘qtuvchi tomonidan bir qancha tezislar, o‘nga yaqin xalqaro jurnallarda maqola, respublika OAK maqolalar, DGU shuningdek 1 ta monografiya va o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashrdan chiqqan.