
Ma’lumotnoma
Tashxodjayeva Patima Bokiyevna 1963 yil Toshkent tumanida tug‘ilgan. U 1988-yil F.Engels nomidagi Toshkent Davlat chet tillar pedagogika institutini Ingliz tili fakultetini bitirdi. U o‘z ish faoliyatini 1988 yilda Olmazor tumanidagi 134– maktabda ingliz tili fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2002 – yil 4-sentyabrdan Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetining 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ish faoliyatini davom ettirmoqda. O‘tgan yillar davomida u tillar o‘qitish markazida magistrlar, aspirantlarga hamda professor – o‘qituvchilarga ingliz tilidan dars bergan.Hozirgi kunda kafedrada 1-kurs davolash, tibbiy biologiya, OMX, pediatriya, tibbiy-profilaktika fakultetlari talabalariga Tibbiyotda xorijiy til fanidan amaliyot darslarini o‘tib kelmoqda. Faoliyati davomida Talabalarning ilmiy jamiyati anjumanida ishtirok etishida rahbarlik ishlarini olib bormoqda va bir necha bor yaxshi natijalarga erishgan. Kafedrada ochiq dars va o ‘zaro darslarni tashkillashtirish va ularni o‘tkazishning me’yoriy hujjatlariga mas’ullik vazifasi yuklatilgan.
Shuningdek, 2023 yil sentyabr oyida xorijiy tillarni bilish darajasini beradigan IELTS sertifikatini oldi va Ruden Rossiya universiteti qoshida ochilgan kursda o‘z malakasini oshirdi.
Tashxodjayeva Patima Bokiyevna tomonidan barcha fakultetlarning 1-kurs talabalari uchun 1ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, shuningdek 10 dan ortiq xalqaro maqola, OAK va xalqaro miqyosda bir nechta maqola va tezislari chop etilgan.
