Kafedra professor-o’qituvchilarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari
Sayid Haybatullohxo‘ja Said Orifxo‘ja o‘g‘li Xislat ijodiga bag‘ishlangan seminar-tadbir
20.01.2026-y. kuni 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida o‘zbek mumtoz adabiyoti an’analarining munosib davomchilaridan biri, bayoznavis shoir, tarjimon, noshir Sayid Haybatullohxo‘ja Said Orifxo‘ja o‘g‘li Xislat ijodiga bag‘ishlangan seminar-tadbir tashkil etildi. Unda kafedra dotsentlari A.S.Aslanov va S.A.Karimbekovlar Xislatning hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar berishdi, xalq qalbida ardoqlanib kelinayotgan she’r-g‘azallari, kuylarida yashayotgan qo‘shiqlari, an’analarini davom ettirayotgan shogird-izdoshlarilari, ma’naviyatimizni yuksaltiruvchi asarlari haqida ma’ruza qilishdi.

Xalqaro fakultetga qarashli 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasining professor- o‘qituvchilari Toshkent shahar Olmazor tumani 1-son Muruvvat uyiga tashrifi
17.01.2025-y kuni Xalqaro fakultetga qarashli 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasining professor- o‘qituvchilari Toshkent shahar Olmazor tumani 1-son Muruvvat uyiga tashrif buyurishib ushbu maskanda tahsil olayotgan bolalar hayoti, internatdagi yaratilgan shart sharoitlar, bolalar yashaydigan xonalar bilan yaqindan tanishishdi, muruvvat uyi o‘qituvchi-murabbiylari bilan suhbat uyushtirishdi.

Kafedra o’qituvchilarining xorijiy talabalar istiqomat qiluvchi 4-TTJ dagi o’zlariga biriktirilgan xonalarga tashrifi
Joriy yilning 15-yanvar sanasida kafedramiz ustoz-murabbiylari xorijiy talabalar istiqomat qiluvchi 4-TTJ ga tashrif buyurishdi. Tashrif mobaynida o’qituvchilar o’zlariga biriktirilgan talabalar holidan xabar olishdi va talabalarga o’qish jarayoniga kerakli tavsiya va ko’rsatmalar berishishdi.


TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI XALQARO FAKULTETI
BIRINCHI-SON O‘ZBEK VA XORIJIY TILLAR KAFEDRASINING
“ODOB-AXLOQ, MULOQOT, MADANIY UYG‘UNLIK VA TIL O‘RGANISHDA MUHITNING ROLI” TADBIRI
Toshkent sh. 09.01.2026–y.
Tashkilotchilar: Kafedra o‘qituvchilari N.T.Ruzimbayeva, N.B Raxmatova
09.01.2026-yilda Toshkent tibbiyot universitetining birinchi-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi
o‘qituvchilari N.T.Ruzimbayeva, N.B Raxmatova tomonidan ijarada yashayotgan Xorijiy talaba qizlar uylariga tashrif buyurildi. Tashrifning asosiy maqsadi : xorijiy talabalar bilan bevosita muloqot o‘rnatib, ularning yashash sharoitlari o‘rganish va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish va talabalarni rag‘batlantirish edi Suhbat davomida talabalar O‘zbekistonga bo‘lgan taassurotlari, ta’lim olishdagi yutuq va qiyinchiliklari haqida o‘z fikrlarini bildirib, talabalar madaniy muhitga moslashishdagitajribalari bilan o‘rtoqlashdi.O‘qituvchilar tomonidan ingliz va o‘zbek tillarinio‘rganishdagi samarali uslublar bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, suhbat ochiq, samimiy va interaktiv ruhda o‘tdi. Mazkur tashrif xalqaro talabalar bilan muloqotni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi. Ularning ehtiyojlari va qiziqishlariga e’tibor qaratildi. Bu kabi tashriflar orqali talabalar o‘zlarini qadrlanganini his etib, bilim olishga, akademik muvaffaqiyatga intilishlari kuchayadi. Kafedra tomonidan bu kabi tashriflar davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Tosh DavTU, Xalqaro fakultet 1-son o’zbek va xorijiy tillar kafedrasi
pedagog-xodimlarining Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti
xorijlik talabalar xonadoniga tashrifi
Toshkent sh. 02.12.2025 yil
Qatnashdilar: o‘qituvchilar Shirinqulova Sh.M, Norboboyeva S.A, Avezova A.K., va B. Maxramqulova.
Xalqaro fakultet 1-son o’zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari 2-dekabr kuni xorijlik talabalari yashovchi Qoraqamish 2/4, 11 joylashgan xonadonga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida “O‘zga yurt — yangi taassurotlar” mavzusi doirasida xorijlik talabalar bilan suhbat tashkil etildi. Suhbat davomida talabalar O‘zbekistonga kelgan dastlabki kunlari, yangi muhitga moslashish jarayoni hamda kundalik hayot bilan bog‘liq taassurotlari haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ular mahalliy aholining samimiyligi, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga bo‘lgan hurmat, shuningdek, universitet muhitining do‘stona ekanligini alohida ta’kidladilar.
Shuningdek, talabalar o‘zga yurt sharoitida ta’lim olish jarayonida duch kelgan qiziqarli holatlar, madaniy farqlar hamda yangi tajribalar haqida so‘zlab berdilar. Suhbat jarayonida xorijlik talabalar o‘zaro fikr almashib, turli madaniyat vakillarining bir muhitda ahil va totuv yashashining muhimligi qayd etildi.
Mazkur suhbat xorijlik talabalar bilan yaqin muloqotni mustahkamlash, ularning fikr va tashabbuslarini tinglash hamda ijtimoiy moslashuv jarayonini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI XALQARO FAKULTETI
1-SON O‘ZBEK VA XORIJIY TILLAR KAFEDRASINING
G‘ALABA BOG‘I “SHON-SHARAF” MUZEYIGA TASHRIF
Toshkent sh. 29.11.2025-y.
Tashkilotchilar: katta o’qituvchisi G.Sh.Xazratova
Ma’naviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda muzeylarning o’rni nihoyatda beqiyos. Zero, muzeylarda saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qo’lyozmalar, su’ratlar xozirgi kunda yoshlarimiz uchun tarixni eslatuvchi dalillardir. Talabalarning milliy o‘zlikni anglash hamda tarixga bo‘lgan qiziqishini oshirish, milliy meros va tarixga hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida 29.11.2025-yilda 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi G.Sh.Xazratova 103 A davolash-I SNG guruhi talabarlari bilan Toshkentdagi G‘alaba bog‘i “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif buyurishdi.
Muzeyda Ikkinchi jahon urushida jasorat ko‘rsatgan o‘zbekistonliklar haqidagi ma’lumotlar, o‘sha davrlar ruhini to‘liq his etishga imkon beruvchi eksponatlar o‘rin olgan. Muzeyda 20 mingga yaqin tarixiy ahamiyatga ega buyumlar mavjud bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi respublikaning turli hududlarida yashovchi aholi tomonidan taqdim etilgan. Buyumlarni qabul qilish jarayoni bugungi kunda ham davom etmoqda.
Muzey eksponatlari orqali talabalar o‘zlari o‘qiyotgan bilim dargohining tarixiy voqealari, muhim shaxslari va ularning yutuqlari haqida bilim olishadi. Bu esa yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, o‘z madaniyati va tarixiga qiziqishni oshirishga yordam beradi.
Tashrif davomida, talabalar muzeyning turli bo‘limlari bilan tanishdilar va muzey xodimlari tomonidan uyushtirilgan ma’ruza va qo‘llanmalardan foydalandilar. Bular orqali ular o‘z bilimlarini boyitdilar va tarixiy hodisalarga bo‘lgan tushunchalarini kengaytirdilar. Bu kabi tashriflar talabalar o‘rtasida tinch hayotni qadriga etib, vatanni gullab yashnashiga xissa qo‘shishga undaydi.

Tosh DavTU, Xalqaro fakultet 1-son o’zbek va xorijiy tillar kafedrasi
pedagog-xodimlarining Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti
8-sonli Talabalar Turar joyiga tashrifi
Toshkent sh. 14.11.2025 yil
Qatnashdilar: o‘qituvchilar Xazratova G.Sh., Avezova A.K., Norboboyeva S.A va X.J. Bekchanova.
Xalqaro fakultet 1-son o’zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari 11-noyabr kuni davolash guruh talabalari joylashgan yotoqxonaga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida o‘qituvchilar talabalar turar joy sharoitlari bilan tanishib, ularga “Tozalik sog’lik garovi” nomli suhbat o‘tkazildi. Ushbu suhbat davomida ustozlar talabalarga xonalarni qanday ozoda tutish kerakligi haqida ma’lumotlar berdi. Bunga qo’shimcha qilib, oshxona xolati ham nazorat qilindi va bunda talaba qizlarga kamchiliklar tushuntirildi, tozalikka, gigeyna qoidalariga amal qilishning foydalari, qanchadan qancha kasalliklarni bartaraf qilinishi mumkinligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi. O‘qituvchilar talabalar bilan iliq muhitda suhbat bilan o’tkazishdi. Suhbat davomida talabalar bilan esdalik uchun suratga tushishdi. Talabalar suhbatdan mamnun bo‘lib, o‘qituvchilarni xush kayfiyatda kuzatib qo‘yishdi.

XALQARO FAKULTET O‘ZBEK VA XORIJIY TILLAR KAFEDRASI PEDAGOG-XODIMLARINING TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI 5-SONLI TALABALAR TURAR JOYIGA TASHRIFI
Toshkent sh. 14.11.2025–y
Tashkilotchi: o‘qituvchi ZoitovaShoxista Aaqarovna
14.11.2025-yil O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi Sh.A.Zoitova 5-talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. U yerda talabalarga yaratilgan sharoitlar, dars xonalar, kutubxona faoliyati bilan tanishildi.
Talabalarning dars qilishlari hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratish borasida fikr almashildi. Shuningdek, bir guruh talaba yoshlar bilan ham samimiy suhbat olib borildi.
Yurtimizda yoshlar iste’dodlarini namoyon qilishlari, o‘z kasbining yetuk mutaxassisi bo‘lishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan, xususan, universitetda ham talabalarning sifatli ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar mavjud.
Bugungi kunda keng qoʻllanilib kelinayotgan sunʼiy intellekt texnologiyalari, tabiiy bilimlarni egallash uchun internetdan to‘g‘ri faoydalanosh haqida suhbat o‘tkazdi.
Sun’iy intellekt talabalarning o‘qish jarayonini yengillashtirishi, bilimlarni tezroq va tushunarli shaklda o‘zlashtirishga yordam berishi, hamda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynashi haqida aytildi. Shuningdek, suniy intilekt har doim ham to‘g‘ri ma’lumot bermasligi, tayyor ishlardan to‘liq nusxa olishi va mustaqil fikrlashni to‘xtatib qo‘ymaslik uchun uni yordamchi sifatida ishlatish kerakligi haqida qiziqarli suhbat olib bordi.

TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI XALQARO FAKULTETI
1-SON O‘ZBEK VA XORIJIY TILLAR KAFEDRASINING
SHAYXONTOXUR, ESKI JARARIQ MFY, NAZIR QAYUMOV PROEZD 1- KO’CHA 45-XONADONDA YASHAYDIGAN 5 KURS XORIJIY TALABALAR IJARA TURAR JOYIGA TASHRIFI
Toshkent sh. 13.11.2025-y.
Tashkilotchilar: katta o’qituvchilari P.B.Tashxodjayeva, G.Sh.Xazratova
13.11.2025 yil kafedra katta o’qituvchilari P.B.Tashxodjayeva, G.Sh.Xazratova
Shayxontoxur, Eski Jarariq MFY, Nazir Qayumov proezd 1- ko’cha 45-xonadonda yashaydigan 5 kurs xorijiy talabalar ijara xonodoniga tashrif buyirishib, ularni yashash sharoiti bilan yaqindan tanishib, kamchiliklar va muammolar bor -yo‘qligi haqida suhbatlashishdi. Shuningdek talabalar bilan “O‘bekistonda kuz fasli” mavzusida davra suhbati olib borishdi. Davra suhbatini maqsadi:
- Xorijiy talabalarga O‘zbekistondagi kuz faslining o‘ziga xosligi haqida tushuncha berish.
- Milliy qadriyatlar, tabiat go‘zalligi va mavsumiy an’analar bilan tanishtirish.
- Talabalarda og‘zaki nutq, kuzatuvchanlik va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish.
- O‘zbek tilida muloqot qilishga rag‘bat uyg‘otish.
O‘qituvchilar quyidagi savollariga talabalar o‘z fikrlarini bayyon qilishdi:
- “Sizning mamlakatingizda kuz qanday bo‘ladi?”
- “Kuz sizga nimani eslatadi?”
O‘zbekistonda kuz faslida juda ko‘plab mevalar, savzavotlar pishadi, xavo esa juda yaxshi bo‘lib ba’zida yomg‘ir yog‘adi. Talabalar O‘zbekistonda kuz faslining xususiyatlarini biladi, kuz mavzusida o‘zbekcha gapira olishlarini, mevalarni nomlaylashni o‘rganib olishdi. Shuningdek kuz fasli mavzusi bilan talabalarning jodiy fikrlash ko‘nikmasi rivojlanishiga yordam bo‘ldi.

TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNVERSITETI
XALQARO FAKULTETI
1-SON O‘ZBEK VA XORIJIY TILLAR KAFEDRASINING “XALQARO TALABALARNING YASHASH SHAROITI BILAN TANISHISH” TADBIRI
Toshkent sh. 10.11.2025–y.
Tashkilotchi: Kafedra katta o‘qituvchisi Tashxodjayeva P.B va Jabborova M.Sh
10.11.2025-yilda 1-son o‘zbek va xorijiy va tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Tashxodjayeva P.B va Jabborova M.Sh 4-sonli talabalar turar joyida yashovchi xalqaro talabalarning kundalik yashash sharoitlari, ayniqsa oshxona va sanitariya gigiyenasi bo‘yicha holati bilan tanishish maqsadida monitoring o‘tkazdilar. Tashrifning asosiy maqsadi: yashash sharoitlarini o‘rganish va sanitariya holatini baholab, talabalarning umumiy ahvoli va ehtiyojlari bilan tanishish va ularni gigiyena, xavfsizlik va jamoaviy yashash madaniyatiga oid suhbat orqali targ‘ib qilish. Jarayon davomida, o‘qituvchilar tomonidan oshxona jihozlari, gaz plita, ventilyatsiya tizimi va tozalik holati ko‘zdan kechirildi. Va talabalar bilan ochiq suhbat shaklida yashashdagi qulayliklar, yuzaga kelayotgan muammolar va ehtiyojlar haqida fikr almashilinib, talabalar tartib-intizomga rioya qilayotgani, tozalik va xavfsizlikka e’tibor qaratayotgani ijobiy baholandi.
Shuningdek, tashrif davomida xalqaro talabalar yashayotgan sharoitlar qoniqarli deb baholandi. Ularning o‘zaro hurmat va madaniyat asosida yashayotgani, oshxonada xavfsizlik me’yorlariga amal qilayotgani kuzatildi. Bunday tashriflar orqali nafaqat talabalarning sharoitlari o‘rganiladi, balki ular bilan bevosita muloqotga kirishish orqali ishonchli muhit yaratilganligi ta’kidlandi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Xalqaro fakulteti 1-son o‘zbek va xorijiy tillar
kafedrasi tomonidan bo‘lib o‘tgan “O‘zbek tili qalbim tarjimoni”
intellektual tadbir
Toshkent sh. 10.11.2025–y
Qatnashdilar: kafedra mudiri R.M. Abdullayeva, katta o‘qituvchilar Fayzullayev S.I., Qaxorova M.A. o‘qituvchi Temirov J.E.,
Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 5000 ga yaqin til bor. Ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, hammasi ham millionlab kishilarning muloqot vositasiga aylangan emas. Buning uchun ayni shu tilda yaratilgan badiiy va ilmiy adabiyotlar nufuzi yuksak bo‘lishi lozim. O‘zbek tili ana shu talablarga to‘la-to‘kis javob bera oladigan boy tillardan ekanligi shubhasizdir.
O’zbekiston nafaqat ko’p millatli davlat, balki chet el fuqarolari ta’lim oladigan maskanga aylanib bormoqda. Bugungi kunda yurtimizda 4730 nafar xorijlik talaba turli yo’nalishlarda tahsil olyapti. Ular o’rtasida o’zbek tilida so’zlashishga qiziqish ortib, aksariyati zabonimizdan muloqot vositasi sifatida keng foydalanayotgani juda quvonarli hol.
10.11.2025-y. kuni 4-son talabalar turar joyida Xalqaro fakultetning iqtidorli talabalari ishtirokida “O‘zbek tili qalbim tarjimoni” mavzusida intellektual tadbir tashkil etildi. Dastlab, talabalarga tillarning ahamiyati, qadr qimmati haqida tushuncha berildi. Intelektual o‘yin tartib qoidalari tushuntirildi. Talabalar jamoa bo‘lib berilgan savollarga javob berishdi.
Universitetimizda ta’lim olayotgan talabalar kelgusida til vositasi orqali mamlakatlarimiz o’rtasidagi madaniyat, san’at va boshqa yo’nalishlardagi do’stona aloqalarni yanada mustahkamlashga hissa qo’shishiga hozirdan harakat qilib borishmoqda.
Har yili oktabr oyida o‘zbek tilining nufuzini dunyo bo‘yicha oshirish, tilimizning xalqaro maydondagi obro‘sini yanada yuksaltirish nuqtai nazaridan Toshkent davlat universitetida tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili bo‘yicha turli tanlovlar hamda tadbirlar tashkil kilib kelinadi.
Xalqaro fakultet 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi ukituvchilari 4-son talabalar turar joyida xalkaro fakultet talabalri bilan birgalikda “O‘zbek tili qalbim tarjimoni” mavzusida intellektual tadbir tashkil etishdi.

TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI
XALQARO FAKULTETI
1-SON O‘ZBEK VA XORIJIY TILLAR KAFEDRASINING
XORIJLIK TALABALAR IJARA UYIGA TASHRIFI
Toshkent sh. 06.11.2025-y.
Tashkilotchilar: dotsent Aslanov A.S., o‘qituvchilar Sag‘dullayev M.I. va Temirov J.E.
06.11.2025-yilda 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedra dotsenti Aslanov A.S., o‘qituvchilar Sag‘dullayev M.I. va Temirov J.E. Olmazor tumani, Jiydali MFYida joylashgan 12-uy, 63- xonadonda turuvchi Xalqaro fakultet 3-semestr talabalari Shahul Hameed hamda Thoufeek Muhammed ijara uylariga tashrif buyurib, talabalar bilan suhbat o‘tkazdilar. Tashrif davomida talabalarning ijara xonadoni, yashash tarzi, o‘qish jarayoni to‘g‘risida suhbat bo‘lib o‘tdi.
Talabalar o‘rganayotgan bilimlarini samarali o‘zlashtirish va mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha maslahatlar oldilar. O‘qituvchilar, shuningdek, universitet hayotida faol ishtirok etishning ahamiyatini, turli tadbir va tanlovlarda qatnashishning shaxsiy rivojlanishga qanday yordam berishini ta’kidladilar.
Bundan tashqari, ular talabalar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga, o‘qish fanlari va universitet hayotining umumiy tartibi bilan bog‘liq bo‘lgan savollarga javob berdilar. Ruhiy salomatlik va talabalar uchun mavjud yordam haqida ham gaplashildi, bu ayniqsa o‘tish davrida muhimdir. Suhbat do‘stona va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda o‘tdi, bu esa o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida yaqin aloqalar o‘rnatishga hamda ochiq muloqot va fikr almashish uchun maydoncha yaratishga yordam berdi.

TOSHKENT DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI, XALQARO FAKULTET 1-SON O‘ZBEK VA XORIJIY TILLAR KAFEDRASINING YIG‘ILISHI
№ 5 BAYONNOMASIDAN KO‘CHIRMA
Toshkent sh. 30.10.2025
Qatnashdilar: Rais, kafedra mudiri prof. pedagogika fanlari doktori R.M.Abdullayeva, dotsent S.A.Karimbekov, PhD I.X.Israilova katta o‘qituvchilar: Sh.M.Shirinqulova, M.A.Saydullayeva, P.B.Tashxodjayeva, G.Sh.Xazratova, O.A.Muhammedova, L.U.Kadirova, Sh.E.Abrayeva, Sh.S.Pulatova,; o‘qituvchilar: f.f.n A.S.Arslanov, F.I.Nurmatova, M.A.Kaxarova, A.K.Utambetova, S.I.Fayzullayev, M.N.Achilov, Sh.R.Xaydarova, L.R.Alibekova, O.Sh.Nazarova, G.I.Bobomurodova, N.T.Ruzimbayeva, J.E.Temirov, A.K.Avezova, N.B.Raxmatova, X.J.Bekchanova, M.Sh.Jabborova, S.A.Norboboyeva, N.T.Xoliqulova, Sh.A.Zoitova, M.A.Nortojiyev, B.Muhammadaminova, A.Y.Madaliyev, Sh.O.Eshmurodova, D.A.Ismailova, M.Saydullayev
KUN TARTIBI:
Turli masalar:
- Kafedra katta o‘qituvchisi G.Sh.Xazratova tomonidan «Nutrition and obesity» mavzusida 5.11.2025 sanasining, II juftligida 102 A I-davolash fakulteti bilan 1-son Respublika Abu Ali Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagog – xodimlari bilan xamkorlikda mahorat darsi rejalashtirilgan.
Eshitildi: yig‘ilish raisi R.M.Abdullayeva, birinchi masala yuzasidan quyidagi fikrlarni bildirdi: kafedramiz katta o’qituvchisi G.Sh.Xazratova tomonidan «Nutrition and obesity» mavzusi yuzasidan mahorat darsi o’tkazilishi rejalashtirilgan. Mahorat darsni tahlil qilish uchun taqrizchilar belgilangan va ular mahurat dars ishlanmasiga ijobiy baho berishgan, tashqi taqrizchi: Z.M.Xazratova O‘zDJTU, Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi.ped.f.f.d (PhD), ichki taqrizchi P.B.Tashxodjayeva Toshkent davlat tibbiyot universiteti, 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi.
Eshitildi: Kafedra katta o‘qituvchisi Tashxodjayeva.P.B. kafedra katta o‘qituvchisi G.Sh.Xazratova tomonidan “Nutrition and obesity” mavzusidagi amaliy mashg‘ulotda o‘tkaziladigan mahorat darsi ishlanmasini ijobiy baholadi. Darsda interfaol metodlardan foydalanib, talabalarni faolashtiradi. Mahorat darsda klaster, tushunchalar taxlili, role pley va testdan foydalaniladi. Reglamentga e’tibor beriladi. Dars oxirida Kahoot platformasi orqali talabalarning bilimini baholash viktorinasi bo‘ladi. Kafedra katta o‘qituvchisi G.Sh.Xazratova tomonidan “Nutrition and obesity” mavzusi yuzasidan o‘tkaziladigan ochiq darsni ijobiy deb baholash mumkin.
Eshitildi: Kafedra katta o’qituvchisi L.U.Kadirova ushbu mahorat dars ishlanmasiga ijodiy yondoshilgan, pedagogik texnologiyalardan foydalanilgan. Kafedra katta o’qituvchisi G.Sh.Xazratova tomonidan «Nutrition and obesity » mavzusi yuzasidan amaliy mashg’ulotda o‘tkaziladigan mahorat dars ishlanmasini yaxshi deb baholash mumkin.
