Muxammedova Ozoda Axtamovna

       

MA’LUMOTOMA

Muxammedova Ozoda Axtamovna 1997-2013yy. (ToshMI), 2021-yildan buyon Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida pedagogik faoliyatini olib bormoqda.

Faoliyati davomida Talabalar ilmiy jamiyati va fan olimpiadalarida talabalarning ishtirok etishida rahbarlik ishlarini olib boradi. Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlarga ma’sul, ish faoliyati davomida kafedrada va universitet miqyosida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda faol ishtirok etadi. Lotin tili va tibbiy terminologiya fanidan 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va monografiya nashr ettirgan. Xalqaro scopus jurnallarida va respublikaning nufuzli impakt-faktori yuqori jurnallarda ilmiy maqolalari nashrdan chiqqan.  Zimmasiga yuklatilgan o‘quv yuklamasini doimo to‘liq bajaradi. Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetidagi pedagogik faoliyati davomida nostandart usullardan va innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanadi.