
MA’LUMOTNOMA
Utambetova Arzayim Kalmurzayevna 2021-yil 16-oktabrdan Toshkent tibbiyot akademiyasining “O’zbek tili va xorijiy tillar” kafedrasi assistenti. O‘tgan yillar davomida kafedrada davolash, tibbiy-profilaktika hamda xalqaro fakultetlari talabalariga ingliz tili fanidan amaliyot darslarini olib boradi. 2021-yil o‘quv yilidan boshlab kafedrada elektron jurnal, kafedra sayti ishlariga mas’ul shaxs etib tayinlangan.
Utambetova Arzayim Kalmurzayevna tomonidan, OAK va xalqaro miqyosda bir nechta maqola va tezislari chop etilgan. Utambetova Arzayim Kalmurzayevna fanni yaxshi o‘zlashtirgan, amaliy mashg‘ulotlarni pedagogik texnologiyalarni qo‘llab olib boradi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega, talabchan va ilmiy masalalarni mustaqil bemalol yecha oladi. Shu bilan birgalikda u xushmuomala, mehnatsevar, intizomli, kafedrani jamoat ishlarida faol qatnashadi. Utambetova Arzayim Kalmurzayevna 2025-yil o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida Tibbiyotda xorijiy til fan o‘qituvchisi sifatida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda.
