
MA’LUMOTNOMA
Bobomurodova Gulhayo Ismoil qizi 2023-yil oktyabr oyidan buyon universitetning 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. U o‘zining faoliyati davomida izlanuvchanligi, mehnatsevarligi, tashabbuskorligi, qat’iyatligi, to‘g‘ri so‘zligi, talabchanligi, bilimdonligi, dunyoqarashi kengligi, mashg‘ulotlardagi intizomliligi bilan jamoa orasida o‘z o‘rniga ega. Universitetning barcha tadbirlariga va jamoat ishlariga faol qatnashishi bilan pedagogik jamoa va talabalar orasida hurmat qozonishga erishgan. G.I.Bobomurodova shaxs sifatida shaxslararo munosabatlarga kirishuvchan o‘z fikr-mulohazalarini erkin namoyon eta oluvchi, faol inson sanaladi. U jamoada sog‘lom ishchi muhitni yaratishda o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
G.I.Bobomurodova pedagogik faoliyatini samarali olib borishi bilan birga ilmiy tadqiqotchilik faoliyatini ham boshlab yuborgan. Hozirgi kunda 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Hozirda Toshkent davlat tibbiyot universitetining 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi yo‘nalishida mustaqil tadqiqotchi etib qabul qilingan. Ilmiy ish yuzasidan OAK tasarrufidagi ilmiy uslubiy jurnallarda ilmiy maqolalar, xalqaro konferensiyalarda, respublika konferensiyalarda ilmiy ishlari bilan ishtirok etgan. 2023 o‘quv yilidan boshlab kafedrada Iqtodorli talabalar bilan ishlashiga mas’ul shaxs etib tayinlangan.
