Xazratova Gulchexra Sharipovna

MA’LUMOTNOMA

Xazratova Gulchexra Sharipovna 2023-yil 4-sentabrdan Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetining “1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi” katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

O‘tgan yillar davomida Xazratova Gulchexra Sharipovna kafedrada 1-kurs davolash, tibbiy-pedagogika, OMX, tibbiy-profilaktika va ekologiya atrof muhit muhofazasi, biotibbiyot muhandisligi, pedriatriya o‘nalishlari talabalariga ingliz tili fanidan amaliyot darslarini olib boradi. Faoliyati davomida Talabalar ilmiy jamiyati va fan olimpiadalarida talabalarning ishtirok etishida rahbarlik ishlarini olib bormoqda. Kafedraning me’yoriy hujjatlari biriga  mas’ullik vazifasini  ham bajaradi.  Xazratova Gulchexra Sharipovna tomonidan ko‘plab OAK, xalqaro miqiyosda maqola, terislar va o‘quv-uslubiy qo‘llanma chop etilgan.