Kafedramiz tarixi

Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti  1-son o’zbek va xorijiy tillar kafedrasi tarixi

Kafedra ikkinchi Toshkent Davlat Tibbiyot instituti tarkibida 1990-yil tashkil etilgan bo‘lib, “Chet tillari kafedrasi” deb nomlangan. 1996 yilgacha kafedraga dotsentlar Giyasov B.Z., Abduraxmanov Sh.A., Shodmonov K.B.lar rahbarlik qilib kelishgan.

1996-yildan 2009-yilgacha pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Babaxodjayeva Malika Xashimovna kafedraga rahbarlik qilib keldi. 2005 yilning sentyabr oyida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi tashkil etilgach, sobiq ikkinchi Toshkent Tibbiyot Institutining «O‘zbek tili kafedrasi» “Rus tili kafedrasi”, “Chet tillari kafedrasi” kafedralari o‘zaro birlashdi va ushbu kafedra “ 1-son tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi “ deb nomlanib, unga 2009-yilgacha p.f.n.dots. Babaxodjayeva M.X. rahbarlik qildi.

2009-yil iyul oyidan  boshlab  “ 1-son tillar, pedagogika va psixologiya kafedrasi “ga filologiya fanlari nomzodi, dots.nt Abdullayeva Rozanna Mirzatullayevna rahbar etib tayinlandi.

Hozirgi paytda kafedra nomi 2024-yil 4-sentyabrdan “1-son O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi” deb nomlandi. Kafedra mudiri va xodimlari tomonidan  juda ko‘plab o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-tarbiyaviy ishlar   olib bormoqda.  Kafedrada turli yillarda dotsentlar Giyasov B.Z., Abduraxmanov Sh.A.,   Shodmonov. K.B., Bakiyeva G.,X., Oltiyev N.B., Babaxodjayeva M.X., Annenkova R.F.,  Saidaxmedova S.V., katta o‘qituvchilar Jurayev A.X., Israilova FX., Ovcharenko N.I., Mansurova M.A., Ti Ye.I., ish olib borganlar.  Ayni paytda dotsentlar Abdullayeva R.M., Aslanov A.S., Karimbekov.S.A, Israilova I.X., katta o‘qituvchilar  Shirinqulova Sh.M., Saydullayeva M.A., , Tashxodjayeva P.B., Rustamova S.Sh., Fayzullayev S.I., Abrayeva Shahnoza Esonovna, Kadirova Lola Utkurovna, Muhammedova Ozoda Axtamovna, Xazratova Gulchexra Sharipovna, Pulatova Sharipa Sobirjonovna, Xaydarova Shaxista Rustamovna, Kaxorova Muxabat Askaraliyevna, o‘qituvchilar: Utambetova Arzayim Kalmurzayevna, Jabborova Madinabonu Shavkat qizi, Bobomurodova Gulhayo Ismoil qizi, Ro‘zimbayeva Nasiba Temur qizi, Temirov Jamoliddin Elmirza o‘g‘li, Avezova Anajon Kupaysin qizi, Nazarova Ozoda Shavkatovna, Alibekova Laylo Raxmanovna, Achilov Muzaffar Norquliyevich, Bekchanova Xushbaroy Jumanazarovna, Norboboyeva Saida Azamatovna, Xolikulova Nodira Turdikulovna, Rahmatova Nigora Boboyorovna, Madaliyev Asqarali Yigitaliyevich, Zoitova Shoxista Asqarovna, Sagdullayev Ma’ruf Ilxom o‘g‘li, Eshmurodova Shirin Oybekovna, Nortojiyev Muxammad Anvar o‘g‘li hamda Maxramqulova Xonzoda Zafarjon qizi lar faoliyat olib bormoqdalar.


Kafedraning asosiy  ilmiy  yo‘nalishi

Tibbiyot oliygohi talabalarini o‘zbek,  rus, ingliz hamda lotin tillari bo‘yicha bilim va  ko‘nikmalarini shakllantirib, og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish.

Kafedra xodimlari tomonidan   barcha fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi dasturlar ishlab chiqilgan, bir qancha  darsliklar, elektron darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tuzilgan va chop etilgan.