
MA’LUMOTNOMA
Shohista Xaydarova Rustamovna Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. 2023-yil 1-noyabrdan buyon Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetida pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Kafedrada rus tili fanlariga mas’ul. Rus tili fanidan 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr ettirgan. Xalqaro scopus jurnallarida va respublikaning nufuzli impakt-faktori yuqori jurnallarda ko‘plab ilmiy maqolalari nashrdan chiqqan hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib keladi. Toshkent tibbiyot akademiyasidagi pedagogik faoliyati davomida doimo nostandart usullardan va innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib keladi. Xaydarova .Sh.R. pedagog sifatida o‘ziga talabchan, u o‘z ustida doimiy izlanishda, hamkasblari, talabalar hurmatiga sazovor xodimdir.
