Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligi munosabati bilan navbatdagi tadbiridan lavhalar…

Bugun 01.03.2023 Adiblar hiyobonida oʻzbek sheʼriyatining otashnafas shoiralaridan biri Zulfiya Isroilova tavalludining 108 yilligi munosabati bilan Oliy taʼlim fan va innovatsilar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarni ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda davlat va jamoat arboblari, ziyolilar, yozuvchilar, shoirlar, yosh ijodkorlar, keng jamoatchilik va shoiraning oila aʼzolari ishtirok etdi. Tadbir davomida Zulfiya haykali poyiga gullar qoʻyildi, Akademiya tomonidan tashkil etilgan “Zulfiya” stipendiyasi gʻoliblari taqdirlandi. Tadbirda TTA Pedagogika,psixologiya va Tillar kafedrasi professor o’qituvchilari ham faol qatnashdilar.

Shundan soʻng, Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari tomonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.