Kadirova Lola Utkurovna 2018-yil 2-sentabrdan Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetining “1-son O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi assistenti , 2024-yil sentyabridan katta o‘qituvchi sifatida ishlab kelmoqda. O‘tgan yillar davomida u kafedrada 1-kurs davolash, tibbiy-pedagogika, OMX, tibbiy-profilaktika va magistratura fakultetlari talabalariga ingliz tili fanidan amaliyot darslarini olib borgan. 2022-yil sentabrdan xalqaro fakultet talabalariga Rus tili fanidan amaliyot darslarini o‘tib kelmoqda. Faoliyati davomida Talabalar ilmiy jamiyati va fan olimpiadalarida ko’plab talabalarning ishtirok etishida rahbarlik ishlarini olib bormoqda. Kafedrada Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetining Ilmiy kengash qarorlarini monitoringi bo‘yicha mas’ullik vazifasi yuklatilgan.
