
Israilova Ilona Khalitovna 2019-yildan buyon Toshkent davlat tibbiyot universitetida faoliyat yuritib kelmoqda. Hozirgi kunda 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi. Pedagogika fanlari bo‘yicha PhD ilmiy darajasiga ega.
Pedagogik faoliyati davomida tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar, jumladan xalqaro talabalar bilan ishlashda yuqori natijalarga erishib kelmoqda. O‘quv jarayonida innovatsion, kommunikativ hamda fanlararo yondashuvlarga asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni samarali qo‘llaydi. Tibbiy ingliz tili, ESP (English for Specific Purposes) va tibbiyot pedagogikasi yo‘nalishlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlari dolzarbligi bilan ajralib turadi.
Israilova Ilona Khalitovna o‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyat bilan faol shug‘ullanib, 3 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 ta monografiya hamda 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi hisoblanadi. Uning ilmiy ishlari respublika va xalqaro miqyosdagi, jumladan nufuzli indeksatsiyalangan jurnallarda chop etilgan. Xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarda muntazam ravishda ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etib kelmoqda.
O‘quv jarayonini takomillashtirish maqsadida mualliflik o‘quv dasturlari, modul dasturlar, silabuslar hamda metodik materiallar ishlab chiqqan va ularni amaliyotga joriy etgan. Xalqaro talabalar uchun dars mashg‘ulotlarini olib borish bilan birga, har hafta muntazam ravishda “Ma’rifat darslari”da ishtirok etib kelmoqda.
Shuningdek, talabalar ilmiy jamiyati faoliyati, fan olimpiadalari va ilmiy anjumanlarda talabalarning ishtirokini ta’minlashda faol rahbarlik qilib kelmoqda. Akademiya miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda tashkiliy tadbirlarda muntazam ishtirok etadi.
