Shirinqulova Shafoat Malikovna 1987-yildan (1987-2003yy.gacha 1-ToshMI) Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetining 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi sifatida ishlab kelmoqda. O‘tgan yillar davomida u kafedrada 1-kurs davolash, tibbiy-pedagogika, OMX, tibbiy-profilaktika fakultetlari talabalariga Lotin tili va tibbiy terminologiya fanidan amaliyot darslarini olib bormoqda. Faoliyati davomida Talabalar ilmiy jamiyati va fan olimpiadalarida ko‘plab talabalarning ishtirok etishida rahbarlik ishlarini olib boradi. Hozirda kafedra moddiy boyliklariga mas’ullik vazifasini bajarib kelmoqda. Shirinqulova Shafoat Malikovna tomonidan OMX fakultetining 1- kurs talabalari uchun 1 ta o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va monografiyalar, shuningdek, Scopusda , OAK va xalqaro miqyosdagi jurnallarda bir nechta maqola va tezislari chop etilgan.
