Aslanov Akmal Subxanovich

 

Aslanov Akmal Subxanovich 1967-yil Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tavallud topgan. Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Filologiya fanlari nomzodi. 2002-yildan Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida ish faoliyatini olib bormoqda. Yangilikka intiluvchan, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydigan pedagog sifatida qisqa vaqt ichida e’tibor qozondi. Pedagogik faoliyati davomida talabalar bilan yakka tartibda shug‘ullanib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etib kelmoqda.

Aslanov Akmal Subxanovich fanni yaxshi o‘zlashtirgan, amaliy mashg‘ulotlarni pedagogik texnologiyalarni foydalangan holda olib boradi, tashkilotchilik qobiliyatiga ega, talabchan. Shu bilan birgalikda u xushmuomala, mehnatsevar, intizomli, kafedrani jamoat ishlarida faol qatnashadi.