Jabborova Madinabonu Shavkat qizi

MA’LUMOTNOMA

Jabborova Madinabonu Shavkat qizi 2025-yil 2-sentyabr oyidan boshlab Toshkent davlat tibbiyot universitetining, 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi assistenti sifatida ishlab kelmoqda. Faolyati davomida u kafedrada 1-kurs davolash va xalqaro fakultetlari talabalariga tibbiyotda xorijiy til fanidan amaliyot darslarini olib bormoqda.

Madinabonu Jabborova o‘qituvchilik faoliyati bilan birga, kafedradagi xodimlarning chop etilgan ilmiy maqolalarni va tezislarni yig‘ish hamda kafedrani ilmiy salohiyatini ko‘tarishga hissa qo‘shmoqda. Shu  o‘rinda, universitetdagi faoliyati davomida ushbu o’qituvchi o’ziga berilgan topshiriq va vazifalarni o’z vaqtida bajarib kelmoqda. Bundan tashqari u kafedrada o’tkaziladigan turli yig’ilishlarda, va ma’naviy marifiy tadbirlarda o’z vaqtida va faol ishtirok etadi