Abrayeva Shahnoza Esonovna Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. Umumiy mehnat staji – 8 yil, oliy ta’limda staji – 6 yil. 2018-yildan buyon Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetida pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Faoliyati davomida Talabalar ilmiy jamiyati va fan olimpiadalarida ko‘plab talabalarning ishtirok etishida rahbarlik ishlarini olib bormoqda. Kafedrada ilmiy ishlarga mas’ul, ilmiy faoliyati davomida kafedra seminaridan muvaffaqiyatli o‘tib ilmiy himoyaga tayyorlanmoqda. Lotin tili va tibbiy terminologiya fanidan 3 ta o‘quv qo‘llanma, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va monografiyalar nashr ettirgan. Xalqaro scopus jurnallarida va respublikaning nufuzli impakt-faktori yuqori jurnallarda ko‘plab ilmiy maqolalari nashrdan chiqqan hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib keladi.
