Toshkent tibbiyot akademiyasi muzeyiga tashrif

Toshkent tibbiyot akademiyasi muzeyiga tashrif

14.11.2024-yilda o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi  P.B.Tashxodjayeva OMH  fakulteti , 102 A guruhi talabarlari bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi muzeyiga tashrif  buyurishdi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi muzeyi, o‘zining boy eksponatlari va tarixiy qadriyatlari bilan, tashrif  buyuruvchilarga Toshkent tibbiyot akademiyasining boy tarixi haqida chuqur bilim berish imkoniyatini yaratadi. Muzey eksponatlari orqali talabalar o‘zlari o‘qiyotgan bilim dargohining tarixiy voqealari, muhim shaxslari va ularning yutuqlari haqida bilim olishadi. Bu esa yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, o‘z madaniyati va tarixiga qiziqishni oshirishga yordam beradi. Tashrif davomida, talabalar muzeyning turli bo‘limlari bilan tanishdilar va muzey xodimlari tomonidan uyushtirilgan ma’ruza va qo‘llanmalardan foydalandilar. Bular orqali ular o‘z bilimlarini boyitdilar va tarixiy hodisalarga bo‘lgan tushunchalarini kengaytirdilar. Bu kabi tashriflar talabalar o‘rtasida shifokorlik mas’uliyat hissini uyg‘otib, ularni o‘z mamlakatlarining aholisini sog‘lig‘ini saqlash va tibbiyotni rivojlantirishga undaydi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.