“Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati” insholar tanlovi

“Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati” mavzusida insholar tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan TTA talabalari o‘rtasida “Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Ushbu tanlovning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini o‘quvchilar ongiga singdirish, ularning huquqiy savodxonligi va madaniyatini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish, talabalar erishayotgan natijalarni targ‘ib qilish va qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga yoshlarning huquqiy bilimi qay darajada ekanligini aniqlash kabilardan iboratdir.

Talaba-yoshlarning uning insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini ifodalash, talabalarning huquqiy savodxonligini hamda ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qonunlarni bilish, hurmat qilish ruhida tarbiyalash maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida joriy yilning 5-dekabr kuni O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida talabalar o‘rtasida ommaviy insholar tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 90 nafardan ziyod talabalar ishtirok etdilar. Tanlov oldidan talabalarga o‘zbek tilining ahamiyati, qadr qimmati va millat ravnaqida tutgan beqiyos o‘rni haqida tushuncha berildi. Insho mavzusi va yozish tartib qoidalari tushuntirildi.

Tanlov yakunida Ishchi guruh a‘zolari tomonidan talabalarning ishlari o‘rganib chiqildi. Hakamlar hay’ati tomonidan o‘quvchilarning ijodiy ishlari Bosh Qomusimizning mamlakatimiz va xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, har bir fuqaro taqdiridagi ahamiyati haqidagi tushuncha va qarashlarini erkin va teran ifoda etganligiga ko‘ra xolis baholandi.Tanlov xulosasiga ko‘ra 2-son davolash fakulteti talabasi Uzozova Farizoda 1-o‘rinni, Tibbiy profilaktika fakulteti 103–guruh talabasi Xudoyberdiyeva Hulkar 2-o‘rinni, Pediatriya yo‘nalishi 103-b guruh talabasi Ergasheva Gulsanam 3-o‘rinni egalladilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.