Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Tibbiyot tillari: lotin, o‘zbek, rus va ingliz tillarining ta’lim amaliyotidagi integratsiyasi” mavzusida I xalqaro ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Soha olimlari dastavval mavzu doirasida ochiq muloqotga kirishib, tibbiyot tillarining integratsiyasi orqali ta’lim tizimini rivojlantirish, zamonaviy pedagogik usullar va tilshunoslikka oid yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish, tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda zamonaviy metod va texnologiyalarni qo‘llash orqali tillar integratsiyasining afzalliklarini o‘rganish to‘g‘risidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Konferensiyada universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, t.f.d., professor Feruza Lyutpillayevna Azizova, Xalqaro fakultet dekani, t.f.n., dots. Tursunov Jahongir Xusanovich hamda O‘zbekiston, Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston va boshqa davlatlar olimlari ishtirok etishdi.
Mavzu yuzasidan Moskva davlat tilshunoslik universiteti professori Karayeva Begam Xolmanovna, Boshqirdiston davlat tibbiyot universitetidan Linnik Lyubov Aleksandrovna, Hindistondan doktor Priya Velayu
dhan va boshqa olimlarning ma’ruzalari tinglandi.

