“BIZ SOG‘LOM YURT FARZANDLARIMIZ” sport festivalining VOLEYBOL sport tadbiri

Qatnashdilar: katta o‘qituvchi Sh.E.Abrayeva, o‘qituvchilar A.K.Utambetova, M.B.Umirkulova, N.T.Ruzimbayeva va F.T.Samambetova

Toshkent tibbiyot akademiyasida sport tadbirlari katta ruh va shiddat bilan o’tmoqda. “SPORT – SOG‘LOM XALQ, SOG‘LOM AVLODNING TAYANCH USTUNI” shiori ostida o’tkazilayotgan musobaqalar nafaqat jismoniy chiniqish, balki jamoaviylik, hamjihatlik va ma’naviy birlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Sportning voleybol, stol tennis, shaxmat turlari ushbu tadbirni yanada jozibali va birlashtiruvchi aksiyaga aylantirdi.Professor-o‘qituvchilar va akademiya xodimlari o‘rtasidagi musobaqalar nafaqat sog‘lom raqobat, balki o‘zaro hurmat, do‘stona muhit va umumiy maqsadga intilish ruhini yanada kuchaytirmoqda.

 10.04.2025-yil O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasining professor-o‘qituvchilari Sh.E.Abrayeva, A.K.Utambetova, M.B.Umirkulova, N.T.Ruzimbayeva va F.T.Samambetovalar ham Toshkent tibbiyot akademiyasi sport tadbirlarining Voleybol sport o‘yinlarida qatnashdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.