12-sentabr kuni Juma – ma’naviyat kuni

12-sentabr kuni Juma – ma’naviyat kuni munosabati bilan universitet hovlisida 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari boshchiligida talabalar davlat madhiyasini tinglashdi. Tadbir davomida barchada yurtimizga bo‘lgan sadoqat va vatanparvarlik ruhini yanada kuchaytiruvchi muhit yuzaga keldi.

Kafedra o‘qituvchilari talabalarni Vatan madhiyasini chuqur hurmat qilishga, uni doimo ehtirom bilan kuylashga hamda yosh avlod qalbida milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini shakllantirishga namuna bo’ldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.