Zangiota tibbiyot texnikumida o‘tkazilgan tadbir

Tashkilotchilar: Xazratova G, Tashxodjayeva P, Jabborova M, Norboboyeva S

Toshkent Tibbiyot Akademiyasining O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili o‘qituvchilari Xazratova G, Tashxodjayeva P, Jabborova M.lar 15-mart kuni  Zangiota tibbiyot texnikumiga tashrif buyurishdi.

Tashrif  mavzusi: Toshkent tibbiyot akademiyasi . Tashrif mobaynida  talabalarda  Toshkent Tibbiyot Akademiyasining 100 yillik tarixi va xozirgi kundagi faoliyati haqida ma’lumotlar berish. Seminarda quyidagilar amalga oshirildi:

 

  1. Talabalarga TTA ning tarixi va bugungi kuni haqida batafsil viderolik hamda taqdimot tayyorlandi va ular talabalarga taqdim etildi.
  2. Savol-javob bo‘lib o‘tdi: Talabalarning mavzu bo‘yicha qiziqishlari tinglanib, ularning savollariga javob berildi.TTA ga qabul qilinish bo‘yicha ko‘rsatmalar ,talabalar uchun yaratilgan shart –  sharoitlar hamda imtiyozlar haqida  to‘lalikcha ma’lumotlar berildi.
  3. Amaliy tavsiyalar berildi: Tibbiyot texnikumida tahsil olayotgan talabalarga o ‘zlariga kerakli maslahatlar va tavsiyalar berildi. Masalan, xalqaro tan olingan til bilish sertifikatiga ega bo‘lgan talabalarga qo‘shimcha stipendiya hamda imtiyoz yoki maxsus ingliz til guruhlarida ta’lim olish huquqi haqida ham  tavsiya va maslahatlar berildi.

Seminar samimiy muloqot va faol qatnashuv ruhida bo’lib o‘tdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.