“Zulfiyaxonim – hayot so‘qmoqlarida” nomli navbatdagi tadbir.

16-05-2022 yil kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan  O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari Muxammedova O.A., Xojaaxmatova Q.B., va Abrayeva Sh.E.lar tashkilotchiligida Adiblar xiyobonida “Zulfiyaxonim – hayot so‘qmoqlarida” nomli Zulfiyaxonim xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Toshkent tibbiyot akademiyasi Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha prorektori Bobomurodov Turdiqul Akramovich ochib berdi. Tadbirda 1-Davolash fakulteti 121b-guruh hamda 112a-guruh talabalari ishtirok etishdi. Yozuvchilar Uyushmasi a’zosi ko‘plab she’rlar va qo‘shiqlar muallifi Zulfiyaxonim izdoshlaridan biri bo‘lgan shoira Zamira Razzoqova mehmon sifatida tashrif buyurib, o‘zining ijod mahsullaridan juda chiroyli she’rlar va Zulfiya ijodidan bir qancha she’riy satrlar keltirib o‘tdilar. So‘ngra talabalar Zulfiyaxonim ijodlaridan bahru-baytlar va bir-biridan chiroyli qo‘shiqlar ijro etishdi. Tadbir so‘ngida T.A.Bobomurodov tadbir ishtirokchilari bilan savol-javoblar uyushtirdi hamda shoira hayoti va ijodiga bag’ishlangan viktorina o‘yinlari ham o‘tkazildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.