«YANGI O’QUV YILIDA-YANGI TADBIR».Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag’ishlangan tadbirimiz davom etmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi tomonidan O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari  Xolbayeva D.B, To‘rabayeva.S.Z. va O.Muhammedovalar va tibbiy pedagogika fakulteti tyutorlari Shaumarova Go‘zal va Abdiyev Rustam tashkilotchiligida Adiblar xiyobonida “Zulfiyaxonim – sevgi, sadoqat kuychisi” nomli Zulfiyaxonim xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirni Toshkent tibbiyot akademiyasi Tibbiy pedaogika fakulteti dekan muovini Rustamova S.Sh. ochib berdi. Tadbirda Tibbiy pedagogika fakulteti va menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMH fakulteti 101, 102  va 201, 202 guruhning talabalari ishtirok etishdi. Tibbiy pedagogika fakultetining Abdumutabova Mohinur va Axmedov Komiljonlar Zulfiyaxonim va Hamid Olimjon hayotiga oid sahna ko‘rinishi namoyish etishdi. Ko‘plab talabalar Zulfiya ijodidan bir qancha she’riy satrlar keltirib o‘tdilar. So‘ngra talabalar Zulfiyaxonim ijodlaridan bahru-baytlar va bir-biridan chiroyli qo‘shiqlar ijro etishdi. Tadbir so‘ngida tadbir ishtirokchilari bilan savol-javoblar uyushtirildi hamda shoira hayoti va ijodiga bag‘ishlangan viktorina o‘yinlari ham o‘tkazildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.