“Konstitutsiya-faxrimiz” nomli navbatdagi kafedramiz tadbiri.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Xalqaro fakulteti O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi 07.12.2022 kuni “Konstitutsiya-faxrimiz” nomli  yana bir ajoyib tadbirni o’tqazdilar.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimizning ko‘p ming asrlik boy milliy davlatchilik tarixiy-huquqiy va ma’naviy merosiga asoslangan. Konstitutsiya – baxtimiz kafolati, hayotimizning muhim mezoni hisoblanadi. Bosh qomusimizning 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekani ko‘rsatib qo‘yilgani hamda umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlangani navqiron avlodning iqtidoru salohiyatini namoyish etishi yo‘lida katta imkon hisoblanadi.  O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida yoshlarning yorug‘ kelajagini belgilab beruvchi ana shunday ezgu maqsadlarga mushtarakligi bilan katta ahamiyatga ega bo‘lgan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bosh qomusimiz tarannumiga bag‘ishlangan she’rlar, Vatan, do‘stlik, birdamlikni madh etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi.

Tashkilotchilar: Muxammedova O.A., Abrayeva Sh.E., Saydullayeva M.A., Abdullayeva D.S., Shirinqulova Sh.M., Primova M.M.

Qatnashdilar:  Kafedra mudiri dots.Axmedova, katta o‘qituvchilar Avilova K.X., Xolboyeva D.B., o‘qituvchilar  Kadirova L.U., Nurmatova F.I., Dadaboyeva G.A., Eshbayeva N.U., Achilov M., Utambetova A.K., Turabayeva S.Z., Primova M., Bobojanova Sh.Y.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.