“0 ‘zligimiz timsoli – ona tilim”

Til – insonga ato etilgan ehsonlar orasida eng mo‘jizakor, mehnat va ijodiy faoliyatda qudratli quroldir. Ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo’lsa-da, hammasi ham million-million kishilaming muloqot, o‘zaro axborot va fikr almashish vositasiga aylangan. 1989-yil 21 -oktabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligi munosabati bilan Toshkent tibbiyot akademiyasi pediatriya,stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti pedagogika,psixologiya va tillar kafedrasi ustoz va murabbiylari tomonidan 2022-yil 20-oktabrda “0 ‘zligimiz timsoli – ona tilim” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.                 Bu bayram tadbiriga TTA yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Beknazarova Sh.T., pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Rustamova
S.Sh., fakultet tyutori Sh.O. Eshmuradovalar tashrif buyurishdi. Tadbimi ustamova S.Sh. ochib berdi va barchani akademiya nomidan bayram bilan tabrikladi.
Tadbirda pediatriya fakulteti 102-guruh talabalari Ro‘ziqulov Ozodbek va Amonova Nordonalar boshlovchilik qilishdi. Akademiya talabalaridan Yo‘ldosheva Dilshoda, Tuychiboyeva Diyora, Muxammadsodiqov Ibrohim,Ishpulatova Ruxshona, Mansurova Ruxshonalar tadbirda she’riy chiqishlari bilan faol qatnashdilar. So‘ngra bir guruh lalabalar Muminov Samandar,Togaynazarova Latofatlar ingliz tilida o‘z chiqishlarini namoyish etdilar, talaba qizlar ijrosida raqslar namoyish etildi. Tadbir tashrif buyurganlarga iliq taassurot qoldirdi. 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.