“Konstitutsiya baxtimiz qomusi”mavzusi yuzasidan seminar tadbir.

Konstitutsiyamiz mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning tinch-osuda, farovon hayotini ta’minlashning muhim asosidir. Uning hayotimizdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, aholi, ayniqsa, yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash maqsadida 5.12.2023-y. kuni pediatriya, stomatologiya, xalq tabobati va tibbiy pedagogika fakulteti pedagogika, psixologiya va tillar kafedrasi bilan hamkorlikda  “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzuida tadbir o‘tkazildi. Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti iqtisodiy fanlar kafedrasi professori Mavlyuda Sadikovna Abdullayeva  yangi Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari, inson va fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va burchlari, jamiyat va shaxs masalalari, ijtimoiy-siyosiy hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar bilan yangilanishlar, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda erishilayotgan natijalar asosiy qonunimiz yaratib bergan imkoniyatlar haqida keng tushunchalar berib oʻtdi. Shundan so‘ng polkovnik Azizjan Davlatkulovich Anarkulov  so‘zga chiqib, Konstitutsiya – nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini belgilab beruvchi hujjat ekanligi, jamiyatimiz hayotining mezoni bo‘lgan Konstitutsiyani chuqur va har tomonlama o‘rganishimiz, uning ma’nosiga yetib borib, amaliy hayotimizning doimiy qo‘llanmasiga aylantirishimiz darkorligi haqida gapirib o‘tdi.  So‘ngra  ishtirokchilarning mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berildi.

Tadbir davomida akademiya talabalari tomonidan tayyorlangan ushbu kunga bagʻishlangan badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.