«TOSHKENT MUZEYI» ga tashrif
1.11.2024-yilda o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi G.Sh.Xazratova 102 A BTM guruhi talabarlari bilan Toshkent muzeyiga tashrif buyurishdi. Toshkent muzeyi, o‘zining boy eksponatlari va tarixiy qadriyatlari bilan, tashrif buyuruvchilarga ko‘plab dunyoga mashhur insonlar yashagan: hukmdorlar, olimlar, madaniyat va san’atning ko‘zga ko‘ringan arboblari, yozuvchilar, shoirlar, rassomlarining boy tarixi haqida chuqur bilim berish imkoniyatini yaratadi. Muzey eksponatlari orqali talabalar tarixiy voqealari, muhim shaxslari va ularning yutuqlari haqida bilim olishadi. Bu esa yoshlarda milliy o‘zlikni anglash, o‘z madaniyati va adabiyotga qiziqishni oshirishga yordam beradi.
Tashrif davomida, talabalar muzeyning turli bo‘limlari bilan tanishdilar va muzey xodimlari tomonidan uyushtirilgan ma’ruza va qo‘llanmalardan foydalandilar. Bular orqali ular o‘z bilimlarini boyitdilar va tarixiy hodisalarga bo‘lgan tushunchalarini kengaytirdilar. Bu kabi tashriflar talabalar o‘rtasida milliy g‘urur va mas’uliyat hissini uyg‘otib, ularni o‘z mamlakatlarining madaniy va tarixiy merosini saqlash va unga hurmat bilan qarashga undaydi.