Toshkent Politexnika muzeyiga tashrif
2024 yil 13-dekabr  kuni  kafedra  katta  o‘qituvchisi  Pulatova Sh.S.  hamda 2-Davolash  fakulteti  119-A  guruh  talabalari  Toshkent   Politexnika  muzeyiga  tashrif buyurishdi.
Muzey mas’uli Jahon retro avtomobillari va O’zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar haqida qiziqarli fakt va ma’lumotlar berib o’tdi. Muzeyning 2-qismida Ilm-fanga oid yangiliklarni ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Bu yerda «Turin Politexnika Universiteti» talabalari tomonidan yaratilgan noyob eksponatlar bilan tanishdik. Ayniqsa turli xil shakllarni hosil qiluvchi musiqiy «Kinetik sharlar» tomoshasi talabalar ko’mglidan joy oldi. Yana talabalar turli xil ranglarga bo‘yaladigan «3D Mapping Spark» shousi va transportning rivojlanish tarixini aks ettiruvchi gologrammalarni tomosha qilishdi.
