Toshkent tibbiyot akademiyasi muzeyiga tashrif
2024-yil 21-noyabr kuni kafedra o‘qituvchisi M.A.Kaxorova hamda Xalqaro fakultetining107-b guruh talabalari TTA muzeyiga tashrif buyurishdi. Muzey mas’uli talabalarga TMAga tegishli bo`lgan tarixi va undagi tibbiyot sohasiga tegishli bo`lgan fidoyi va o`z kasbining haqiqiy yetuk mutaxassislari bilan yaqindan tanishtirdi. Urush yillarida o`z kasbini mardonavor olib borgan tibbiyot qaxramonlari haqida ham so‘zlab berdi. Talabalar akademiyani barpo bo`lishiga o`z hissasini qo`shgan fidoyi mashxur tibbiyot xodimlari haqida ma`lumotga ega bo`lishdi. Muzeyni ko`zdan kechirish mobaynida talabalar davolash, jarrohlik, klinikaga tegishli eksponatlar bilan ham yaqindan tanishishdi. Muzeydagi eksponatlar va TTA haqidagi tarix xalqaro talabalar uchun juda qiziqarli bo‘ldi va katta taassurot qoldirdi.