2026 yil 22 aprel kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi hamda Oriental universiteti Tillar-2 kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamkorligida Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-davolash fakulteti 114-a guruhida “Головной мозг. Описание времени” mavzusida binar dars tashkil etildi.
Mazkur binar dars ikki tilda – rus va ingliz tillarida Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri p.f.d., prof. R.M.Abdullayeva hamda mazkur kafedra professor-o‘qituvchilari bilan Oriental universiteti Tillar-2 kafedrasi professor-o‘qituvchilari f.f.d., prof. X.I.Islomjonova, f.f.n., prof. U.D.Esanov, f.f.d., prof. N.N.Radjabov hamkorligida olib borildi. Darsdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning vaqtni ifodalashga oid bilimlarini mustahkamlash, ularning rus va ingliz tillarida muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kasbiy terminologiyani to‘g‘ri qo‘llash malakasini oshirishdan iborat bo‘ldi.

