Tashkilotchilar: Xazratova G, Tashxodjayeva P, Jabborova M, Norboboyeva S
Toshkent Tibbiyot Akademiyasining O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi ingliz tili o‘qituvchilari 15-mart kuni Zangiota tibbiyot texnikumiga tashrif buyurishdi.
Seminar mavzusi “Secrets of long life ( Uzoq yashashning sirlari )”. Seminar talabalarda insonning uzoq umr ko’rishi uchun sog’lom turmush tarziga jiddiy rioya qilishning muhimligini tushuntiririldi va bu borada ular bilan muloqot qilindi. Seminarda quyidagilar amalga oshirildi:
- Master class o‘tkazildi: Talabalarga sog‘lom turmush tarzining eng asosiy masalalari haqida, jumladan to‘g‘ri ovqatlanishga ,yomon odatlar ( chekish va va ichish va ularning salbiy oqibatlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, jamoat joylarida tozalikni saqlash, va sanitariya-gigiyena normalarining salomatlikka ijobiy ta’siri haqida tushuntirish berildi.
- Savol-javob bo‘lib o‘tdi: Talabalarning mavzu bo‘yicha qiziqishlari tinglanib, ularning savollariga javob berildi.To‘g‘ri ovqatlanish va muntazam sport mashg ‘ulotlari bilan shug‘ullanish haqida to’lalikcha ma’lumotlar berildi.
- Amaliy tavsiyalar berildi: Tibbiyot texnikumida tahsil olayotgan talabalarga
o‘zlariga kerakli maslahatlar va tavsiyalar berildi. Masalan, fast foodlardan, gazli hamda energetik ichimliklardan kamroq iste’mol qilish yoki umuman voz kechishlari kabi tavsiya va maslahatlar berildi.
- Motivatsion yakun: Seminar oxirida talabalar to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga amal qilishga, mobil telefon qurilmalardan me’yorda foydalnish,fast food oziq ovqatlaridan kamroq iste’mol qilish, gazli va energetic ichimlik vositalaridan voz kechishga undaldi.M Seminar samimiy muloqot va faol qatnashuv ruhida bo’lib o‘tdi.