Tashkilotchi: Kafedra o‘qituvchisi Jabborova M.Sh
Qatnashdilar: kafedra o‘qituvchisi Jabborova M.Sh hamda Davolash ishi 2 fakulteti 127-b guruh talabalari.
“Shon-sharaf” muzeyi mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan fashizm ustidan qozonilgan Buyuk g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan ochilgan. “Ushbu muzey xalqimizning Buyuk g‘alabaga qo‘shgan hissasini aks ettiradi, otalarimiz va bobolarimizning fashizmga qarshi kurashdagi qahramonligini abadiylashtiradi, ularning ibratli jasorati va matonatiga bo‘lgan katta hurmatimizdan dalolat beradi”, – degan edi davlatimiz rahbari muzeyning ochilish marosimida.
2025-yil 17-may kuni kafedra o‘qituvchisi Jabborova M.Sh. hamda Davolash ishi 2 fakulteti 127-b guruh talabalari Shon-Sharaf muzeyiga tashrif buyurishdi.
Muzey mas’uli bog‘ning ekspozitsiyasida front hayoti sahnalari, muzey ichida jonlantirilgan harbiy ofitserlarning manekenlari, okoplar, blindajlar va temir yo‘l vokzali, eski kutubxonalar va yarani bog‘lash punktlari aks ettirilgan jarayonlar haqida noyob ma’lumotlar berdi. Shu yerning o‘zida urush yillaridagi maxsus harbiy qurollarning ko‘rgazmasi taqdim etilganligini ham so‘zlab berdi. Muzeyda talabalar Ikkinchi jahon urushida jasorat koʻrsatgan oʻzbekistonliklar haqidagi maʼlumotlarni o‘rganishdi, oʻsha davrlar ruhini toʻliq his etishga imkon beruvchi eksponatlar bilan tanishib chiqishdi. Muzeyda 20 mingga yaqin tarixiy ahamiyatga ega buyumlar mavjud boʻlib, ularning yarmidan koʻpi respublikaning turli hududlarida yashovchi aholi tomonidan taqdim etilganligini ham bilib olishdi.