Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Zulfiyaxonim tavalludiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirdan lavhalar.

01.03.2022 kuni bo’lib o’tgan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va OMX fakulteti  O’zbek va xorijiy tillar kafedrasi professor-o’qituvchilarining Zulfiyaxonim tavalludiga bag’ishlab o’tkazilgan tadbirga qatnashdilar. Tadbirda qatnashdilar quydagi o’qituvchilar: Abrayeva Sh.E., Muxammedova O.A., Xidayeva D.E., Utambetova A.K.

Tadbirni Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori prof.A.K.Shadmanov ochib berdi. Tadbir davomida Zulfiyaxonim oila a’zolari va Toshkent tibbiyot akademiyasi professor-o’qituvchilari ham faol qatnashishdi. Zulfiya izdoshlari taqdirlandilar. Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan mehnatkash o’zbek ayolidir. Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi – bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir. O’zbek xalqining atoqli va ardoqli vakili, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiya Isroilova xalqaro “Nilufar”, Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir.

Bugun biz “Adiblar xiyoboniga” tashrif buyurdik. Zulfiyaxonim ijodiga bag’shlangan tadbirda ishtirok etdik. Zulfiyaxonimning ijod namunalaridan she’rlar aytdik. Rektorimiz A.K.Shadmanov va barcha tadbir a’zolari birgalikda ustozimiz Zulfiyaxonimni haykali oldida ustozga ta’zim qilindi, talabalar tomonidan Zulfiyaxonim she’rlari o’qildi, Zulfiyaxonimning oila a’zolari so’zga chiqishdi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam Zulfiyaxonim o‘zbek she’riyatida o‘ziga xos o‘ringa ega shoira bo‘lishi bilan birga inson sifatida ham shu xalqning barcha olijanob xislatlariga ega ayol bo‘lgan. Bugun shu maqolani yozish va Zulfiyaxonimni ijodiga chuqurroq nazar solish orqali yana bir karra amin bo`ldimki, o`zbek adabiyoti XX asrda har qancha ziddiyatli, mashaqqatli va murakkab yo`lni bosib o`tgan bo`lmasin, unda bir qator tom ma`nodagi ijodkorlar etishib chiqgan va ularni ichidagi porloq yuzluzlardan biri bu Zulfiyaxonim bo’lgan. Bugungi istiqlol kunlarida ularning ijodlari yangi qirralari bilan namoyon bo`lmoqda.  Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi barcha xotin-qizlar uchun ibrat. Nеgaki, uning hayotidagi mеhnatsеvarligi, doimo olg’a intilishi, sеvgi bobida sadoqatli yor ekanligi, badiiy ijod borasida tinimsiz izlanuvchan­li­gi hamda hayot  qiyinchiliklarida esankiramasligi, erishilgan yutuqlar oldida o’zini yo’qotmasligi har qanday qiz yoki ayol qalbida havas uyg’otadi.

Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug‘yonlarini o‘tkir bilimdoni bo‘lib, turli janrlarda asarlar yaratgan: dostonlar, balladalar, elegiyalar, nasriy she’rlar, hikoyalar, ocherklar, publististik maqolalar va gazeta xabarlari

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.