8-MART bahor ayyomingiz muborak bo’lsin!

Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, qadrli  talabalar, muhtarama opa-singillar! Avvalo yurtimizga tashrif buyurgan yasharish, yangilanish fasli bo‘lgan bahor bayrami bilan barchangizni muborakbod etaman.Bahor faslining avvalida butun dunyo bo‘ylab Xotin-qizlar kunini nishonlash yaxshi an’anaga aylangan. Bunda ham, albatta, ramziy ma’no-mazmun bor. Zero tabiatning uyg‘onishi, yangi hayot nafasining ufurishi hayotimizga go‘zallik, qalblarimizga mehr-muhabbat olib kiruvchi ayollarimizning bayrami bilan hamohang.Shu qutlug‘ ayyom – “8 mart Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami bilan butun Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ayollar jamoasini, talaba qizlarimizni, shuningdek, sizlarning timsolingizda yurtimizdagi barcha onalar, opa-singillarimizni chin dildan muborakbod etaman.8-Mart Xalqaro xotin-qizlar kuni  munosabati bilan qadrli ayollarimizga eng samimiy tilaklarimizni bildiramiz. Oilamizga quvonch, hayotimizga go‘zallik olib kiruvchi onalarimiz, opa-singillarimiz, baxtimizga doimo sog‘-omon bo‘ling. Bahoriy go‘zallik hamda ko‘rkamlik sizni yil bo‘yi tark etmasin., hurmat bilan O’zbek tili va xorijiy tillar kafedrasi jamoasi va shu kafedra sayti admini Utambetova A.K.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.