TTA qoshidagi akademik litseyida o‘tkazilgan seminar trening mashg‘uloti

Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasining  qo‘shma hamkorlik doirasida, 17.0.2025- yil TTA qoshidagi akademik litseyi 1-kurs 108-guruhida Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasining   o‘qituvchilari  G.I. Bobomurodova, N.T Ruzimbaeva, M.B Umirkulova, F.T Samambetova, Sh.R. Хaydarova  tomonidan “Hospital team” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

Treningda ingliz, rus  tilini o‘zga yo‘nalish talabalariga interaktiv va zamonaviy metodlardan foydalangan holda o‘rgatish haqida tushunchalar va amaliy ko‘nikmalar berildi.  Seminar trening doirasida talabalarga tibbiyotda xorijiy, rus til fanlar qay tarzda o‘tilishi haqida ma’lumot berildi va talabalar bilan amaliy mashg’ulot o‘tkazildi.

Seminar trening qiziqarli va mazmunli tarzda olib borildi va talabalar ham faol ishtirok etishdi.  Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan hayotiy va ilmiy savollarga mutaxassis o‘qituvchilar tomonidan javob oldilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.