“XALQARO TALABA QIZLARNING MOSLASHUVI VA IJTIMOIY FAOLLIGI” TADBIR

Tashkilotchilar: Kafedra o‘qituvchilari Bekchanova.X.J, Jabborova M.Sh va Norboboyeva.S.A

1.05.2025-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari Bekchanova.X.J, Jabborova M.Sh va Norboboyeva.S.A tomonidan ijarada yashayotgan xorijiy talaba qizlar uylariga tashrif buyurildi. Tashrifning asosiy maqsadi: talabalar bilan yaqin muloqot o‘rnatib, ularning yashash sharoitlari va kundalik muammolari bilan tanishish va akademik va madaniy integratsiya bo‘yicha suhbat o‘tkazishdi. Suhbat davomida talabalar o‘z fikrlarini erkin ifoda etdilar, ular O‘zbekistonda yashash va o‘qish tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. O‘qituvchilar ular bilan madaniy farqlar, o‘quv jarayoniga moslashish va til o‘rganishdagi qiyinchiliklar haqida suhbatlashdi. Samimiy muhitda o‘tgan davra suhbati talabalarning o‘zlarini qadrlangan va qo‘llab-quvvatlangan his qilishlariga xizmat qildi. Suhbat davomida qizlar jamoaviy tadbirlarda ishtirok etish, o‘zbek tilini amaliyotda ko‘proq qo‘llash, ijtimoiy hayotga faolroq qo‘shilish borasida rag‘batlantirildi. Mazkur tashrif xalqaro talaba qizlarning jamiyatga moslashuvi, o‘zaro muloqot va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘qituvchilar tomonidan bildirilgan samimiy e’tibor va maslahatlar talabalar tomonidan iliq kutib olindi. Bunday uchrashuvlar muntazam tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.