
MA’LUMOTNOMA
Bekchanova Xushbaroy Jumanazarovna 2025-yil 2-sentabrdan Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi assistenti sifatida ishlab kelmoqda. Ushbu yildan u kafedrada 1-kurs davolash, tibbiyot profilaktika fakultet talabalariga ingliz tili fanidan amaliyot darslarini o‘tab kelmoqda. Yangilikka intiluvchan, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydigan pedagog sifatida qisqa vaqt ichida e’tibor qozondi. Pedagogik faoliyati davomida talabalar bilan yakka tartibda shug‘ullanib, qo‘shimcha mashg‘ulotlar tashkil etib kelmoqda.
Bekchanova Xushbaroy Jumanazarovna tomonidan OAK va xalqaro miqyosda bir nechta maqola va tezislari chop etilgan. Bekchanova Xushbaroy Jumanazarovna amaliy mashg‘ulotlarni tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar yordamida pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda olib boradi. U kafedra jamoat ishlarida faol qatnashib kelishi bilan birga, jamoada xushmuomalalik, mehnatsevarlik va intizomlilik jihatlari bilan ajralib turadi.
