Utambetova Arzayim Kalmurzayevna

                                                                          MA’LUMOTOMA

Utambetova Arzayim Kalmurzayevna 2021-yil oktyabrrdan Toshkent tibbiyot akademiyasining O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi assistenti sifatida ishlab kelmoqda. O‘tgan yillar davomida u kafedrada 1-kurs davolash, tibbiy-pedagogika, OMX, tibbiy-profilaktika, sog‘liqni saqlash menejmenti va magistratura fakultetlari talabalariga tibbiyotda xorijiy til fanidan amaliyot darslarini olib borgan. Faoliyati davomida, “Talabalar ilmiy jamiyati” va fan olimpiadalarida ko‘plab talabalarning faol ishtirok etishida rahbarlik qilgan.

Utambetova Arzayim Kalmurzayevna o‘qituvchilik faoliyati bilan birga, kafedra sayti va HEMIS platformasi, elektron jurnalga mas’ullik vazifasini juda katta ma’suliyat bilan ado etgan. Arzayim Utambetova tomonidan o‘nga yaqin tezislar,  yigirmaga yaqin xalqaro jurnallarda maqola,  o‘nlab respublika OAK maqolalar,  DGU shuningdek 2 ta xalqaro monografiya nashrdan chiqqan.