
MA’LUMOTNOMA
Fayzullayev Sarvar Ibrohim o‘g‘li, 2020-yildan buyon Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida pedagogik faoliyatini olib bormoqda.
Kafedrada ish faoliyati davomida Tibbiyotda xorijiy til va Lotin tili va tibbiy terminologiya fanlaridan dars berib kelgan. O‘quv-uslubiy qo‘llanma va monografiya nashr ettirgan. Xalqaro impakt-faktori yuqori jurnallarda va respublikaning nufuzli OAK jurnallarida ilmiy maqolalari nashrdan chiqqan.
Fayzullayev Sarvar Ibrohim o‘g‘li xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlar va tanlovlarda qator maqola va tezislari bilan ishtirok etib keladi.
