Achilov Muzaffar Norquliyevich

MA’LUMOTNOMA

Achilov Muzaffar Norquliyevich 2021-yil 2-sentabrdan Toshkent Davlat Tibbiyot Universiteti 1-son O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi  lavozimida ishlab kelmoqda. O‘tgan yillar davomida u kafedrada 1-kurs davolash, tibbiy-pedagogika, OMX, tibbiy-profilaktika va magistratura fakultetlari talabalariga lotin tili va tibbiy terminologiya  fanidan amaliyot darslarini olib borgan. Faoliyati davomida Talabalar ilmiy jamiyati va fan olimpiadalarida ko‘plab talabalarning ishtirok etishida rahbarlik ishlarini olib bormoqda. Lotin tili seksiyasi bo‘yicha 1-davolash  fakulteti uchun mas’ullik vazifasi ham yuklatilgan.

Achilov Muzaffar Norquliyevich  tomonidan  davolash va stomatologiya fakultetining 1-kurs talabalari uchun 1 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta xalqaro monografiya, OAK va xalqaro miqyosda bir  nechta maqola va tezislari chop etilgan.