Alibekova Laylo Rahmanovna

MA’LUMOTOMA

Alibekova Laylo Rahmanovna va O‘zbek va xorijiytillar kafedrasida  o‘qituvchi lavozimida ishlaydi. 2023-yil 1-dekabrdan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasida pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Kafedrada farmatsiya, menejment, tibbiy biologiya, biotibbiyot muhandisligi va Oliy ma’lumotli hamshira fakulteti bo‘yicha mas’ul. Rus tili fanidan 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr ettirgan. Xalqaro scopus jurnallarida va respublikaning nufuzli impakt-faktori yuqori jurnallarda ko‘plab ilmiy maqolalari nashrdan chiqqan hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etib keladi.
Alibekova Laylo Rahmanovna Toshkent tibbiyot akademiyasidagi pedagogik faoliyati davomida doimo nostandart usullardan va innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib keladi. pedagog sifatida o‘ziga talabchan, u o‘z ustida doimiy izlanishda, hamkasblari, talabalar hurmatiga sazovor xodimdir.