MA’LUMOTNOMA
Nazarova Ozoda Shavkatovna 2023-yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida o‘qituvchi lavozimida pedagogik faoliyatini olib bormoqda.
Kafedrada ish faoliyati davomida kafedrada va akademiya miqyosida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarda faol ishtirok etadi. Lotin tili va tibbiy terminologiya fanidan 1 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma va xalqaro ilmiy jurnallarda maqola nashr ettirgan. Xalqaro jurnallarda va respublikaning nufuzli impakt-faktori yuqori jurnallarda ilmiy maqolalari nashrdan chiqqan.
Nazarova Ozoda Shavkatovna xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarda qator maqola va tezislari bilan ishtirok etib keladi.