Norboboyeva Saida Azamatovna

 

Ma’lumotnoma

Norboboyeva Saida Azamatovna 2024-yil noyabr oyidan boshlab Toshkent davlat tibbiyot Universitetining 1-son o‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchisi sifatida ishlab kelmoqda. Faoliyati davomida u kafedrada 1-kurs talabalariga tibbiyotda xorijiy til fanidan amaliyot darslarini olib bormoqda.

Norboboyeva Saida o‘qituvchilik faoliyati bilan birga, kafedrada elektron jurnal yurgazish va darsliklarni platformaga yuklash ma’suliyatini olgan. Shu  o‘rinda, akademiyadagi faoliyati davomida ushbu o’qituvchi o’ziga berilgan topshiriq va vazifalarni o’z vaqtida bajarib kelmoqda. Darslardan tashqari paytda tashkil qilingan to’garaklarda, talabalarning ingliz tilidan bilimlarini mustahkamlash uchun turli metodlardan foydalangan holda ularga bilim berib kelmoqda. Bundan tashqari u maktabda o’tkaziladigan turli yig’ilishlarda, va ma’naviy marifiy tadbirlarda o’z vaqtida va faol ishtirok etadi.