Samambetova Feruza Tоlibayevna

MA’LUMOTOMA

Samambetova Feruza Tоlibayevna 2023-yil oktyabrdan Toshkent tibbiyot akademiyasining O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi assistenti sifatida ishlab kelmoqda. O‘tgan yillar davomida u kafedrada 1-kurs davolash, pediatriya tibbiy-profilaktika va sog‘liqni saqlash menejmenti fakultetlari talabalariga tibbiyotda xorijiy til fanidan amaliyot darslarini olib borgan. Faoliyati davomida, “Talabalar ilmiy jamiyati” va fan olimpiadalarida ko‘plab talabalarning faol ishtirok etishida rahbarlik qilgan.
Samambetova Feruza Tоlibayevna o‘qituvchilik faoliyati bilan birga kafedra HEMIS elektron tizimi va elektron jurnallarni  nazorat qilish vazifasini juda katta ma’suliyat bilan ado etgan. O‘qtuvchi tomonidan bir qancha tezislar, o‘nga yaqin xalqaro jurnallarda maqola,  respublika OAK maqolalar,  DGU shuningdek 1 ta monografiya va o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashrdan chiqqan.