Karimbekov Samat Ahatovich

 

MA’LUMOTNOMA

Karimbekov Samat Ahatovich O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi. 2024-yil 9-noyabrdan buyon Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetida pedagogik faoliyatini olib bormoqda. Kafedrada ilmiy-metodik ishlarga mas’ul. Ingliz tili va pedagogika fanidan 2 ta o‘quv qo‘llanma,o‘quv-uslubiy qo‘llanma va monografiyalar nashr ettirgan. Xalqaro scopus jurnallarida va respublikaning nufuzli impakt-faktori yuqori jurnallarda ko‘plab ilmiy maqolalari nashrdan chiqqan hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faolishtirok etib keladi. Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetidagi pedagogik faoliyati davomida doimo nostandart usullardan va innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanib keladi. Karimbekov S.A. pedagog sifatida o‘ziga talabchan, u o‘z ustida doimiy izlanishda, hamkasblari, talabalar hurmatiga sazovor xodimdir.